Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat qabuli boshlandi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablari va sport maktablariga hujjat qabuli boshlandi.
Qabul jarayonlari 15-maydan 4-iyungacha davom etadi va to‘liq onlayn shaklda amalga oshiriladi.
Reklama
Hujjatlarni:
Hujjat topshirish uchun nimalar kerak?
Nomzodlardan quyidagi hujjat va ma’lumotlar talab qilinadi:
- oxirgi 2 oy ichida tushgan fotosurat
- tug‘ilganlik haqida guvohnoma
- ota-onaning ID-karta ma’lumotlari
- telefon raqami
Qaysi sinflarga qabul qilinadi?
Ixtisoslashtirilgan maktablar
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul amalga oshiriladi:
| Yo‘nalish | Sinf |
|---|---|
| Aniq fanlar | 5-sinf |
| Tabiiy fanlar | 7-sinf |
Shuningdek, mavjud bo‘sh o‘rinlarga ham o‘quvchilar qabul qilinadi.
Ijod maktablari
Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan o‘quvchilar 7-sinfga qabul qilinadi.
Sport maktablari
Sport maktablariga ham hujjatlar shu tartib asosida qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari qanday bo‘ladi?
Kirish sinovlari test shaklida o‘tkaziladi.
Aniq fanlar yo‘nalishi
Quyidagi fanlardan imtihon olinadi:
- matematika
- fizika
- ingliz tili
Tabiiy fanlar yo‘nalishi
Quyidagi fanlar bo‘yicha test bo‘ladi:
- biologiya
- kimyo
- matematika
- ingliz tili
Shuningdek, mantiqiy fikrlash bo‘yicha ham savollar tushishi mumkin.
Muhim tartiblar
- Har bir sinfda o‘quvchilar soni 24 nafardan oshmaydi
- O‘quvchilar faqat o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshiradi
Prezident maktabi imtihonidan o‘ta olmaganlarga imkoniyat
Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonida qatnashib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar ham ayrim hollarda ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinishi mumkin.
Buning uchun hujjat topshirishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablardan biri qo‘shimcha tanlangan bo‘lishi kerak.
Qo‘shimcha
Qo‘shimcha ma’lumot uchun call-markaz: 1206.











Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.