Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish: Muddat va tartib
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlarga qabul jarayonlari boshlanmoqda. Ota-onalar joriy yilning iyun oyida Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda hujjatlarni topshirishlari mumkin.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi ma’lumotlar talab etiladi:
- Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
- Talabgor va uning ota-onasi (qonuniy vakillari)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;
- Aloqa uchun telefon raqami.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshiradigan o‘quvchilarning baholariga hech qanday talab qo‘yilmaydi. Tayyorgarlik jarayonida maktab darsliklaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Kirish imtihonlari fanlari
Agentlik matbuot kotibi Jo‘rabek Jangirovning ma’lumotiga ko‘ra, imtihonlar test sinovi shaklida o‘tkaziladi:
Aniq fanlar yo‘nalishi:
- Matematika (mantiqiy fikrlash);
- Fizika (7-sinf va undan yuqori sinflar uchun);
- Ingliz tili.
Tabiiy fanlar yo‘nalishi:
- Biologiya;
- Kimyo (8-sinf va undan yuqori sinflar uchun);
- Matematika;
- Ingliz tili.
Abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlarni abituriyentlar uchun bo‘limidan kuzatib borishingiz mumkin.








Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.