Abituriyentlar uchun yonalish tanlash boyicha bosqichma-bosqich qollanma

25-iyuldan 8-avgustgacha my.uzbmb.uz orqali 5 tagacha OTM va yonalish tanlanadi. SMS kod bilan tasdiqlanadi, muddatgacha ozgartirish mumkin.

Test topshirdingiz, ballingizni bilasiz. Endi eng muhim bosqich — yo'nalish tanlash. Har yili yuzlab abituriyent test topshirgan edim, lekin yo'nalish tanlash kerakligini bilmagandim deb murojaat qiladi.

Muddat: 25-iyuldan 8-avgustgacha

Yo'nalish tanlash 15 kun davom etadi. Shu muddat ichida har bir abituriyent o'z balliga mos OTM, yo'nalish va ta'lim shaklini tanlashi shart.

Bosqichma-bosqich

  1. my.uzbmb.uz platformasiga kiring
  2. Oliy va kasbiy ta'lim tashkilotlariga qabul bo'limini tanlang
  3. Xizmatdan foydalanish → OTM tanlash
  4. Tanlov ustuvorligini belgilang
  5. Fanlar majmuasiga mos yo'nalishlar va ta'lim shaklini tanlang
  6. Telefoningizga kelgan SMS kodni kiriting

Jami 5 tagacha OTM va yo'nalish tanlashingiz mumkin.

Muhim eslatmalar

  • Tanlovingizni 8-avgustga qadar o'zgartirishingiz mumkin
  • Muddat tugagach, hech qanday o'zgartirish kiritib bo'lmaydi
  • Abituriyent qayd varaqasini yuklab olib saqlang
  • Faqat o'tgan yilgi ballarga emas, o'z qiziqishingizga tayaning

InfoEdu.uz abituriyentlarga qabul jarayonining har bir bosqichida aniq va tushunarli yo'riqnomalar beradi.

Yo'nalish tanlash 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar davom etadi. Bu 15 kunlik muddat ichida barcha test topshirgan abituriyentlar OTM va yo'nalishlarini tanlab tasdiqlashi shart.
Abituriyent jami 5 tagacha oliy ta'lim tashkiloti va ta'lim yo'nalishini tanlashi mumkin. Bu bitta OTM doirasida yoki turli OTMlar bo'yicha bo'lishi mumkin.
Ha albatta. Tanlov tasdiqlangandan so'ng shakllanadigan Abituriyent qayd varaqasini yuklab olib saqlash shart. Bu hujjat keyingi bosqichlarda kerak bo'lishi mumkin.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar