Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi uchta maktabning 103 nafar bitiruvchisining barchasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, 100 foizlik natijani qayd etdi, deya xabar bermoqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi.
Qaysi maktablar 100 foiz natija qayd etdi?
| Maktab | Bitiruvchi | Talaba |
|---|---|---|
| Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Samarqand filiali | 19 | 19 |
| O‘zbekiston tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati | 49 | 49 |
| Guliston tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati | 35 | 35 |
Reklama
Agentlik tizimidagi uchta ixtisoslashtirilgan maktabning 2025/2026-o‘quv yilidagi barcha 103 nafar bitiruvchisi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi.
Bu natija nimaning samarasi?
Qayd etilishicha, ushbu natija ta’lim sifatini yuksaltirish, o‘quvchilarning bilim va salohiyatini rivojlantirishga yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, ustozlarning mehnati va ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashi samarasi hisoblanadi.
Avvalroq ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.