Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari eʻlon qilindi

2026/2027-oʻquv yili uchun ixtisoslashtirilgan maktablarga 217 mingdan ortiq ariza kelib tushdi. Bu oʻtgan yilgidan 58 foizga koʻp. Natijalar my.gov.uz va ariza.piima.uz orqali tekshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari eʻlon qilindi

Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari eʻlon qilinmoqda. 27-28-29-iyun kunlari oʻtkazilgan imtihonlarda 5-, 6-, 7-, 9- va 10-sinflar uchun aniq hamda tabiiy fanlar yoʻnalishlari boʻyicha talabgorlar ishtirok etgan edi. Avvalroq natijalar 25-iyulda eʻlon qilinishi haqida xabar bergan edik.

Natijalarni quyidagi havolalar orqali tekshirish mumkin:

Natijalardan norozi boʻlgan talabgorlar amaldagi tartibga muvofiq 3 ish kuni davomida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga ega.

Arizalar soni 58 foizga oshdi

2026/2027-oʻquv yili uchun agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 217 407 ta ariza kelib tushgan. Oʻtgan yilgi koʻrsatkich 137 870 tani tashkil etgan edi. Bir yil ichida 79 537 ta yoki qariyb 58 foizga oʻsish kuzatilgan.

Viloyatlar kesimida arizalar soni

Hudud2025/20262026/2027Farq
Qoraqalpogʻiston10 10013 793+3 693
Andijon14 31218 875+4 563
Buxoro6 35311 132+4 779
Jizzax8 47814 782+6 304
Qashqadaryo10 77317 110+6 337
Namangan12 78719 272+6 485
Navoiy2 9354 992+2 057
Samarqand14 64120 344+5 703
Surxondaryo10 54616 047+5 501
Sirdaryo5 54510 596+5 051
Toshkent viloyati7 15815 397+8 239
Fargʻona18 80231 618+12 816
Xorazm12 37313 930+1 557
Toshkent shahri3 0679 519+6 452
Jami137 870217 407+79 537

Eng koʻp ariza Fargʻona viloyatida — 31 618 ta. Eng kam esa Navoiyda — 4 992 ta. Eng katta oʻsish ham Fargʻonada kuzatilgan: bir yilda +12 816 ta yangi ariza. Toshkent viloyatidagi arizalar soni ikki barobardan koʻproqqa oshgan (+115%).

Talabgorlar sonining keskin oshgani natijalarni tekshirish jarayonining biroz choʻzilishiga sabab boʻlgan. Jadval Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi tomonidan eʻlon qilingan statistika asosida shakllantirilgan.

InfoEdu.uz ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqa taʻlim muassasalariga qabul natijalarini tezkor yoritib boradi.

Natijalarni my.gov.uz saytidagi 1095-raqamli xizmat yoki ariza.piima.uz portali orqali tekshirish mumkin. Ikkala havola ham Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tomonidan rasmiy kanallar sifatida ko‘rsatilgan.
Natijalardan norozi bo‘lgan talabgorlar amaldagi tartibga muvofiq 3 ish kuni davomida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga ega. Apellyatsiya muddatini o‘tkazib yubormaslik muhim.
2026/2027-o‘quv yili uchun 217 407 ta ariza kelib tushgan — bu o‘tgan yilgidan 58 foizga ko‘p. Asosiy sabab sifatida ixtisoslashtirilgan maktablarga qiziqish ortgani va yangi maktablar ochilgani ko‘rsatilmoqda. Eng katta o‘sish Farg‘ona (+12 816) va Toshkent viloyatida (+8 239) qayd etilgan.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar