Zakovat turniri g’oliblari: Ijod maktabi yana chempion!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘rtasidagi “Zakovat” turniri yakunlandi. G‘olib jamoalar va ularga beriladigan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot.

8
Zakovat turniri g’oliblari: Ijod maktabi yana chempion!

“Zakovat” turniri g‘oliblari: Abdulla Oripov ijod maktabi ketma-ket chempion

Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi shiddatli raqobat ostida o‘tgan “Zakovat” intellektual musobaqasida yana bir bor o‘z chempionligini munosib himoya qildi. Ular 2023-yilda ham g‘olib bo‘lishgan, 2022-yilda esa kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. Uch yildan buyon sovrindor bo‘layotgan va ketma-ket ikki yildan buyon chempionlikni hech kimga bermayotgan ushbu jamoaning muvaffaqiyati tahsinga loyiq.

Turnirning sovrindor jamoalari

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egallashdi:

  • 1-o‘rin: Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi
  • 2-o‘rin: Namangan shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat jamoasi
  • 3-o‘rin: Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi

G‘olib o‘quvchilar uchun qanday imtiyozlar bor?

Turnirda g‘olib chiqqan o‘quvchilar uchun davlat tomonidan qator imtiyozlar belgilangan:

  • Bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi.
  • Jamoa a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihonlarsiz qabul qilinadi.

Oliy o‘quv yurtlariga kirish va oliygohlar kirish ballari haqida batafsil ma’lumot olish uchun saytimizni kuzatib boring. Shuningdek, abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlar bilan infoedu.uz sahifasida tanishishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar