Xalqaro olimpiada saralash sanalarini qayerdan bilish mumkin?

Xalqaro olimpiadaga saralash bosqichlari sanalari va reja-grafik onlayn platformada. Nimalar ko’rish mumkin, qanday yangilanadi — maqoladan bilib oling.

Xalqaro olimpiada saralash sanalarini qayerdan bilish mumkin?
Xalqaro fan olimpiadalarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan terma jamoalar tarkibini shakllantirish jarayoni uchun saralash bosqichlarining sanalari va reja-grafigi maxsus onlayn platformaga joylashtirildi. Bu tashabbus o‘quvchilar va ustozlar uchun jarayonni yanada shaffof qilishga qaratilgan.

Platformada nimalar bor?

Platformada quyidagi ma~lumotlar taqdim etiladi:

Reklama

  • saralash bosqichlari sanalari;
  • fanlar bo‘yicha ma‘lumotlar;
  • olimpiadalar kesimida saralash jarayonlari;
  • bosqichlar bo‘yicha reja-grafik;
  • muhim sanalar va o‘zgarishlar haqidagi ma‘lumotlar.

Nima o‘zgardi?

Muhim jihati — reja-grafik doimiy ravishda tahlil qilinadi. Zaruratga ko‘ra sanalar va boshqa ma‘lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilib, platforma muntazam yangilanib boriladi. Bu orqali o‘quvchilar, ota-onalar va o‘qituvchilar xalqaro olimpiadalarga saralash jarayonlari bo‘yicha muhim ma‘lumotlarni bitta joydan kuzatib borishi mumkin. Tayyorgarlikni to‘g‘ri rejalashtirish uchun saralash sanalarini oldindan bilish o‘quvchi va ustozlar uchun muhim ahamiyatga ega. Onlayn reja-grafik tufayli muhim sanalarni o‘z vaqtida bilib, saralashga puxta tayyorlanish osonlashadi. To‘liq reja-grafik onlayn platformada mavjud. Avvalroq xalqaro olimpiada saralash bosqichi haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta‘limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.
Maxsus onlayn platformadan ko‘rish mumkin. Reja-grafik muntazam yangilanib boriladi.
Saralash sanalari, fanlar bo‘yicha ma‘lumotlar, olimpiadalar kesimi, bosqichlar reja-grafiki va o‘zgarishlar.
Reja-grafik doimiy tahlil qilingani uchun zaruratga ko‘ra sanalar va boshqa ma‘lumotlarga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar