A.A.Gromiko nomidagi xalqaro ilmiy maqolalar tanlovi

40 yoshgacha bo’lgan yoshlar uchun A.A.Gromiko nomidagi ilmiy maqolalar va publitsistik esselar tanlovi. G’oliblar uchun Moskvaga sayohat va qimmatbaho sovrinlar.

5
A.A.Gromiko nomidagi xalqaro ilmiy maqolalar tanlovi

A.A.Gromiko nomidagi ilmiy maqolalar va publitsistik esselar tanlovi

Ta'lim sohasidagi muhim yangiliklardan biri — A.A. Gromiko nomidagi tashqi siyosat tadqiqotlari assotsiatsiyasi, Rossiya Federatsiyasining Yevropa instituti hamda Belorusiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan ilmiy maqolalar va publitsistik esselar tanlovi e'lon qilindi.

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

Tanlov MDH davlatlari vakillari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda 40 yoshdan oshmagan quyidagi shaxslar qatnashishi mumkin:

  • Barcha soha mutaxassislari va tadqiqotchilar;
  • O'qituvchilar va pedagoglar;
  • Bakalavr, magistr va aspirantlar;
  • OTM bitiruvchilari.

Ishtirok etish shartlari

Tanlovga topshirilayotgan ishlar ilgari hech qayerda nashr etilmagan bo'lishi va hajmi 30 ming belgidan oshmasligi kerak. Shuningdek, barcha ilmiy ishlar rus tilida taqdim etilishi talab qilinadi.

G'oliblar uchun imkoniyatlar

  • 3 ta nominatsiya bo'yicha qimmatbaho mukofotlar;
  • Finalistlar uchun Moskvada bo'ladigan forumga taklifnoma (borish-kelish, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi);
  • G'oliblarning ilmiy ishlari yetakchi ilmiy jurnallarda chop etiladi;
  • Esdalik sovg'alar va sertifikatlar.

Tanlov haqida batafsil ma'lumot olish uchun rasmiy saytga o'ting. Agar siz talabalar uchun o'tkaziladigan boshqa tanlovlar yoki abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlarni izlayotgan bo'lsangiz, saytimizni kuzatib boring.

Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar