Jahon savdo tashkiloti (WTO) ilmiy insholar tanlovini e'lon qildi
Jahon savdo tashkiloti (WTO) yosh iqtisodchilar uchun nufuzli “Essay Award for young Economists” ilmiy insholar tanlovini eʼlon qiladi. Bu imkoniyat talabalar uchun o'z ilmiy salohiyatini xalqaro darajada namoyish etish uchun ajoyib fursatdir.
Ishtirokchilar uchun asosiy talablar
- Nomzod PhD bosqichida oʼqiyotgan yoki PhD darajasiga ega boʼlishi kerak.
- Agar nomzod 30 yoshdan katta boʼlsa, PhD darajasini olganiga 2 yildan oshmagan boʼlishi lozim.
- Insho ingliz tilida yozilishi va savdo siyosati hamda xalqaro savdo hamkorligi muammolarini tahlil qilishi kerak.
- Insho hajmi 15000 soʼzdan oshmasligi talab etiladi.
Gʼoliblar uchun imkoniyatlar
Tanlov g'oliblari uchun quyidagi imtiyozlar mavjud:
- Eng yaxshi insho muallifiga 5400 AQSh dollari miqdorida mukofot;
- Gollandiyada bo'lib o'tadigan taqdirlash marosimida ishtirok etish (barcha xarajatlar qoplanadi);
- G'olib inshoning WTO Working Paper Series nashrida chop etilishi.
Eslatib o'tamiz, barcha maqolalar va xalqaro tanlovlar haqidagi ma'lumotlarni bizning saytimizda kuzatib borishingiz mumkin. Roʼyxatdan oʼtish muddati: 6 iyun 2022 yilgacha. Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.










Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.