International Wildbird Photo Competition: Qushlar suratlari uchun tanlov
Bird and Nature Festival tomonidan tashkil etilgan International Wildbird Photo Competition professional va havaskor fotosuratchilarni o‘z ijodiy ishlarini taqdim etishga chorlaydi. Bu tanlov nafaqat pul mukofotlari, balki g‘oliblar uchun Fransiyaga unutilmas sayohat qilish imkoniyatini ham taqdim etadi.
Tanlov yo‘nalishlari
Suratlar quyidagi 6 ta yo‘nalishda qabul qilinadi:
- Bird portrait – qushlar portreti
- Bursting colours – yorqin rangli qushlar
- Bird in action – harakatdagi (uchayotgan) qushlar
- Birds social relationships – qushlarning ijtimoiy munosabatlari
- Artistic vision of bird – qushlarning badiiy ko‘rinishi
- Young talent (15-17 yosh) – yosh iste’dodlar
Mukofotlar va shartlar
Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
- Grand-Prix: €1500
- Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rin: €800
- Yosh fotograflar nominatsiyasi: €500
Barcha g‘oliblar Fransiyada o‘tkaziladigan taqdirlash marosimida qatnashadilar va safar xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Batafsil ma’lumotlar bilan ushbu PDF faylda tanishishingiz mumkin.
Texnik talablar
Suratlar JPEG formatda, chegara, ramka yoki imzosiz bo‘lishi, 3:2 nisbatda hamda eng uzun tomonida aniq 3500 piksel hajmda topshirilishi kerak.
Qanday qatnashish kerak?
Tanlovda ishtirok etish uchun SHU YERDAN ro‘yxatdan o‘ting (ishtirok etish narxi: €2). 15-18 yoshli yoshlar esa SHU LINK orqali bepul ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ta'lim sohasidagi yangiliklarni kuzatib borish uchun barcha maqolalar bilan tanishing yoki abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlarni o'qib boring.
Tanlov haqida batafsil ma’lumot rasmiy saytda mavjud.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.