Youth Green Camp: Qirg‘izistonda bepul seminar imkoniyati
Markaziy Osiyo va Afg‘oniston yoshlari uchun ajoyib yangilik! C5+1 Yoshlar Kengashi mintaqaviy ekologik muammolarga bag‘ishlangan Youth Green Camp loyihasiga arizalar qabulini boshladi.
Ushbu ikki kunlik oromgohda ishtirokchilar yetakchi mutaxassislardan saboq olish, ekologik yechimlarni muhokama qilish va mikrograntlar yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Talabalar uchun va abituriyentlar uchun bu o‘z salohiyatini namoyon etish uchun katta imkoniyat.
Dastur tafsilotlari va shartlari
Foydali jihatlari:
- Oromgohda bepul qatnashish;
- Ichki transport hamda turar joy xarajatlarining qoplanishi;
- Ekologik loyihalar uchun mikrograntlar yutib olish imkoniyati.
Joylashuvi va sanasi:
- Sana: 2021-yil 27-28-noyabr
- Manzil: Naryn, Qirg‘iziston (Aska mehmonxonasi)
- Format: offlayn
Kimlar qatnasha oladi?
Dastur ingliz tilida so‘zlashuvchi, Markaziy Osiyo (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston) va Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan o‘rta maktab va universitet talabalari uchun mo‘ljallangan.
Ro‘yxatdan o‘tish:
Ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. Murojaatlar 2021-yil 23-noyabr, soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.