Saylov kunida volontyorlik: Mustaqil kuzatuvchi bo‘ling
O‘zbekiston Volontyorlar Assotsasiyasi va Yoshlar Ishlari Agentligi hamkorligida saylov jarayonlarida ishtirok etuvchi Mustaqil kuzatuvchi volontyorlar guruhi tashkil etilmoqda. Agar siz o‘z davlatingiz kelajagiga va saylov jarayonlariga befarq bo‘lmasangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun.
Volontyorlik jarayoni haqida ma'lumot
Ushbu volontyorlik harakati saylov kuni o‘tkaziladi:
- Vaqt: 24-oktyabr, soat 08:00 dan 20:00 gacha;
- Hudud: Mirzo Ulug‘bek tumani.
Talab va imtiyozlar
Volontyorlar safida bo‘lish uchun quyidagi talablar mavjud:
- Nomzod 18 yoshdan yuqori bo‘lishi shart;
- Obyektivka (CV) taqdim etish;
- Pasport nusxasini yuborish.
Tashkilotchilar tomonidan volontyorlarga nonushta, tushlik, kechki ovqat hamda tegishli hujjatlar taqdim etiladi. Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatdan o‘tish uchun joylar soni cheklangan!
Qanday qatnashish mumkin?
Ro‘yxatdan o‘tish va savollar uchun quyidagi kanalga murojaat qiling: @UzbekistanVolunteerAssociation
Ta'lim tizimidagi yangiliklar va talabalar uchun foydali ma'lumotlarni, shuningdek, abituriyentlar uchun kerakli maslahatlarni saytimizda kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.