2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha san’at sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan teatrlar uchun 4 ta maqsadli davlat granti ajratildi. Kvotalarning barchasi o‘zbek tilidagi ta’lim yo‘nalishlariga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yili uchun tasdiqlangan barcha grant va to‘lov-kontrakt kvotalari bilan OTMlarga qabul kvotalarining to‘liq taqsimoti orqali tanishishingiz mumkin.
San’at sohasi uchun nechta maqsadli grant ajratildi?
Reklama
Tasdiqlangan taqsimotga ko‘ra, san’at sohasi bo‘yicha jami 4 ta maqsadli davlat granti ajratilgan. Ularning barchasi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga taqsimlangan.
Grant kvotalari qaysi yo‘nalishlarga berildi?
Maqsadli grantlar quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ajratilgan:
| Ta’lim yo‘nalishi | Teatr | Kvota |
|---|---|---|
| Aktyorlik san’ati: qo‘g‘irchoq teatr aktyorligi | Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri | 1 |
| Rejissyorlik: dramatik teatr rejissyorligi | Xorazm viloyati musiqali drama teatri | 1 |
| Rejissyorlik: musiqali teatr rejissyorligi | Namangan viloyati musiqali drama teatri | 1 |
| Rejissyorlik: musiqali teatr rejissyorligi | Xorazm viloyati musiqali drama teatri | 1 |
InfoEdu.uz o‘rganishicha, mazkur maqsadli kvotalar san’at sohasida malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan teatrlar uchun kadrlar tayyorlash maqsadida ajratilgan.
📄 Maqsadli grant kvotalarining to‘liq taqsimotini yuklab olish:

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.