10 ta xususiy universitet masofaviy talim shaklida talaba qabul qiladi

2026/2027-o’quv yili uchun masofaviy ta’lim shaklida tahsil berish huquqiga ega xususiy universitetlar ro’yxati. Qabul shartlari va muhim eslatma maqolada.

10 ta xususiy universitet masofaviy talim shaklida talaba qabul qiladi

Tahririyat 2026/2027-o'quv yili qabuli uchun masofaviy ta'lim shaklida tahsil berish huquqiga ega xususiy universitetlar ro'yxatini e'lon qildi. Jami 10 ta xususiy oliy ta'lim muassasasi masofaviy shaklda talaba qabul qilish imkoniga ega.

Masofaviy ta'lim huquqi berilgan universitetlar

  • Qo'qon universiteti (KUAF);
  • International School of Finance Technology and Science (ISFT);
  • IT-Park University;
  • Ma'mun universiteti;
  • Osiyo xalqaro universiteti;
  • Buxoro xalqaro universiteti;
  • Sarbon universiteti;
  • Tashkent International University;
  • Tashkent Metropolitan University;
  • TMC Institute.

Reklama

Ariza topshirishdan oldingi muhim eslatma

Har bir universitetda masofaviy ta'lim yo'nalishlari soni turlicha. Ya'ni ro'yxatdagi oliygohning barcha yo'nalishlarida masofaviy shaklda o'qish mumkin emas. Shu bois ariza topshirishdan oldin o'zingiz tanlagan yo'nalishda masofaviy ta'lim mavjudligini albatta tekshirib chiqish kerak.

Masofaviy ta'lim haqida qo'shimcha bilimlarga ega bo'lish uchun ikki foydali manbani tavsiya qilamiz. Birinchisi, xususiy OTM sirtqi ta'lim diplomlarining tan olinishi haqidagi tahlil. Ikkinchisi esa masofaviy ta'lim shaklini boshqa shakllarga o'zgartirish tartibi yuzasidagi maqola. Ushbu materiallar masofaviy shaklda o'qishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun amaliy foyda beradi.

2026/2027-o'quv yili uchun masofaviy ta'lim shaklida talaba qabul qilish huquqiga ega jami 10 ta xususiy universitet bor.
Yo'q, har bir universitetda masofaviy ta'lim yo'nalishlari soni turlicha. Ariza topshirishdan oldin tanlangan yo'nalishda bu shakl mavjudligini tekshirish shart.
Ro'yxatga Qo'qon universiteti (KUAF), ISFT, IT-Park University, Ma'mun, Osiyo xalqaro, Buxoro xalqaro, Sarbon, Tashkent International, Tashkent Metropolitan universitetlari hamda TMC Institute kiritilgan.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar