2026/2027-o'quv yili uchun oliy ta'lim tashkilotlari bakalavriatining masofaviy ta'lim shakliga ajratilgan umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi. Masofaviy ta'lim uchun jami 20 810 ta o'rin ajratilgan bo'lib, bu avvalgi yillarga nisbatan sezilarli o'sishdir.
Kvotalarning tillar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:
- O'zbek tili yo'nalishlari bo'yicha: 18 543 ta
- Rus tili yo'nalishlari bo'yicha: 1 800 ta
- Qoraqalpoq tili yo'nalishlari bo'yicha: 467 ta
Reklama
To'liq taqsimot — ta'lim yo'nalishlari, oliygohlar va o'qitish tillari kesimida — Bakalavr masofaviy kvota 2026 (PDF) faylida batafsil aks ettirilgan. Ta'lim sohasidagi eng dolzarb yangiliklar va rasmiy e'lonlarni InfoEdu.uz saytida muntazam kuzatib borishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.