Qishki o‘qishni ko‘chirish tartibi qanday?
O‘zbekistonda yozgi mavsum kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish (perevod) imkoniyati mavjud. Biroq, bu jarayon faqat bir davlat OTMidan boshqasiga o‘tishda amal qiladi. Ko‘pgina talabalar uchun bu o‘z hududiga yaqinroq ta’lim muassasasida o‘qishni davom ettirish imkoniyatidir.
Kimlarga ruxsat beriladi?
Qishki perevod barcha uchun ochiq emas, u faqat quyidagi uzrli sabablarga ega bo‘lganlarga ruxsat etiladi:
- Talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliygohga o‘qishini ko‘chirish uchun;
- Davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik rahbari tavsiyasi asosida).
Kerakli hujjatlar va muddatlar
Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (joyida to‘ldiriladi);
- Reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;
- Pasport nusxasi;
- Uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
Eslatib o‘tamiz, qishki perevod uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.