O'zbekistonda yagona texnikumlar tarmog'i tashkil etiladi
Talabalar va abituriyentlar uchun muhim yangilik e’lon qilindi. 2024-yil 16-oktabrda “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF-158-son) qabul qilindi.
Ushbu farmonga ko‘ra, O‘zbekistonda kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi. Bu tizim kasbiy ta’lim tashkilotlarining amaldagi turlarini maqbullashtirish va ta’limning barcha darajalari bo‘yicha sifatli kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
Texnikumlardagi asosiy o'zgarishlar
- Kadrlar tayyorlash xalqaro standartlar va O‘zbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda amalga oshiriladi.
- Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, shuningdek, malaka oshirish va qisqa muddatli o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yiladi.
- 9-sinfni bitirgan o‘quvchilar uchun boshlang‘ich kasbiy ta’lim dasturlari davlat granti asosida tashkil etiladi.
- O‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari ham davlat granti, ham to‘lov-kontrakt asosida o‘qitiladi.
- Bitiruvchilar o‘zlashtirgan modullari va kreditlari asosida oliy ta'lim yo'nalishlari bo‘yicha o‘qishni bakalavriatda davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Yangi tizim kasbiy ta’lim sifatini tubdan oshirish va yoshlar uchun zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.