Prezident tabrigida ta’lim va ilm-fanga oid ustuvor vazifalar belgilandi

Prezident 35 yillik tabrigida texnikumlarga xalqaro standart, 10 ta universitet TOP-1000 reytingga, IT sohasiga 10 mln yoshni jalb etish va muallim obro‘sini yuksaltirish vazifalarini belgiladi.

Prezident tabrigida ta’lim va ilm-fanga oid ustuvor vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Quyida nutqning ta’lim va ilm-fanga oid asosiy fikrlari keltirilgan.

Bilim va malaka — taraqqiyotning asosiy kapitali

Kelgusi yillarda bilim va malakani mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan milliy dastur amalga oshiriladi. Shu bilan birga, yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi, yoshlarga yuqori daromadli kasblarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 million nafarga yetkaziladi.

Asosiy maqsad — Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmasligi. Bu vosita orqali har bir yoshning hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘mak beriladi.

Innovatsiyalar va raqamli industriya

IT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi. O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. Bundan tashqari, o‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim.

Oliy ta’lim va talabalar soni

Oliy ta’limda o‘qish uchun qulay sharoitlarning kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi. Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi sifatida qayd etildi.

Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat demakdir.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Top-1000 reyting va yangi binolar

Kelgusida kamida 10 ta universitetni dunyoning TOP-1000 talik reytingiga kiritish katta marra sifatida belgilandi. Shuningdek, Yangi Toshkentda Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti va O‘zbekiston milliy kutubxonasining yangi binolari ishga tushirilgani hamda ushbu hudud kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markaziga aylanishi qayd etilgan.

Muallim obro‘si va kelajak avlod

Dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarur. Shu bois ta’limga sifat va mazmun olib kirish, muallimning obro‘-e’tiborini yuksaltirish va uning daromadini oshirishga e’tibor qaratilmoqda.

Prezident yoshlarni “Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari” deb atab, ularni oldinga intilish va doimiy izlanishdan to‘xtamaslikka chaqirdi.

Texnikumlarni xalqaro standartlarga olib chiqish yo‘lida avvalroq 100 ta texnikum xalqaro dasturga o‘tishi haqida xabar berilgan edi. Biz prezident tabrigi va ta’lim siyosatidagi yangiliklarni kuzatib, tahliliy yoritib boramiz.

Texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi, yoshlarga yuqori daromadli kasblarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 million nafarga yetkaziladi.
Kelgusida kamida 10 ta universitetni dunyoning TOP-1000 talik reytingiga kiritish katta marra sifatida belgilandi.
IT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar