Texnikum ochgan tadbirkorlar kamroq soliq to‘laydi

Texnikum tashkil qilgan yoki xalqaro standartda kadr tayyorlaydigan tadbirkorlarga qanday imtiyoz beriladi? Kasbga yo‘naltirish tizimi qayerlarda joriy etiladi — maqoladan bilib oling.

Texnikum ochgan tadbirkorlar kamroq soliq to‘laydi

Texnikum tashkil qiladigan yoki davlat texnikumini olib xalqaro standart asosida kadr tayyorlaydigan tadbirkorlarning xarajatlari soliqdan chegirib beriladi. Bu haqda 18-avgust kuni Xivada bo‘lib o‘tgan Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi.

Kasbga yo‘naltirish qanday kengayadi?

Urganchda Germaniya va Xitoy tajribasi asosida o‘quvchilarni “yashil” energetika, qurilish, hamshiralik, agronomlik, elektrotexnika kabi 10 turdagi kasbga yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu amaliyot respublikaning barcha hududlariga tatbiq etiladi.

Reklama

Shu tizim orqali 1 million yoshni zamonaviy kasblarga o‘rgatib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish maqsad qilingan.

Nega kadr tayyorlash muhim?

Prezident yiliga 50 milliard dollarlik yuqori texnologik investitsiya loyihalari amalga oshirilayotganini qayd etib, ularda kadr tayyorlash komponenti bo‘lishi shartligini ta’kidladi. “Har bir loyihaning samarasi faqat texnologiyaga emas, uni ishlata oladigan malakali kadrlarga bog‘liq”, — dedi davlat rahbari.

Muloqotda, shuningdek, mahalliy korxonalarni kapital bozoriga olib chiqish uchun nufuzli investitsiya banklari bilan akseleratsiya dasturi yo‘lga qo‘yilishi aytildi. Har yili daromadi 1 trillion so‘mdan yuqori bo‘lgan 50 ta korxona tanlab olinadi, ularni IPOga tayyorlash xarajatining yarmi qoplanadi.

Avvalroq 100 ta texnikum xalqaro dasturga o‘tishi haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

Texnikum tashkil qiladigan yoki davlat texnikumini olib xalqaro standart asosida kadr tayyorlaydigan tadbirkorlarning xarajatlari soliqdan chegirib beriladi.
“Yashil” energetika, qurilish, hamshiralik, agronomlik, elektrotexnika kabi 10 turdagi kasbga yo‘naltirish tizimi barcha hududlarga tatbiq etiladi.
1 million yoshni zamonaviy kasblarga o‘rgatib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish maqsad qilingan.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar