Kollej va texnikum tanlash 25-avgustgacha davom etadi

OTM testida qatnashib, texnikumga o‘tmoqchi bo‘lganlar uchun muhim xabar. Tanlov qachongacha davom etadi va natijalar qachon chiqadi — maqoladan bilib oling.

Kollej va texnikum tanlash 25-avgustgacha davom etadi

Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun muhim muddat — kollej yoki texnikum tanlash 25-avgustgacha davom etadi.

Tanlov qanday amalga oshiriladi?

2026-yil 25-avgustga qadar my.uzbmb.uz saytida kasbiy ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlash lozim. Tanlash muddati yakunlangunga qadar abituriyentlar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari ham mumkin.

Reklama

Natijalar qachon e‘lon qilinadi?

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Avvalroq kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlangani haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

Tanlov 2026-yil 25-avgustgacha my.uzbmb.uz saytida amalga oshiriladi. Bu muddatgacha abituriyentlar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishi ham mumkin.
Kasbiy ta’lim muassasasi, kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shakli my.uzbmb.uz saytida tanlanadi.
Talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy natijalar tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar