Mustaqillik bayramida necha kun dam olinadi?

Mustaqillik bayrami munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida 4 kun, 6 kunlik ish haftasida 3 kun dam olinadi. 31-avgust va 1-sentabr qo’shimcha dam olish kunlari.

Mustaqillik bayramida necha kun dam olinadi?

Mustaqillik bayrami munosabati bilan o'zbekistonliklar necha kun dam olishi prezident farmoni bilan belgilandi. 2025-yil 24-dekabrda imzolangan "2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida"gi Prezident farmoni bilan 2026-yil uchun qo'shimcha dam olish kunlari tasdiqlangan.

Farmonga ko'ra, 31-avgust — dushanba kuni barcha xodimlar uchun, ya'ni ish haftasining 5 yoki 6 kunligidan qat'i nazar, qo'shimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shuningdek, 1-sentabr — O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram kuni sifatida dam olinadi.

Ish haftasiga ko'ra dam olish jadvali

Reklama

  • 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 29-avgust, shanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 4 kun dam oladi;
  • 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 30-avgust, yakshanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 3 kun dam oladi.

Avvalroq 2026-yilda bayramlarda dam olish kunlari jadvali haqida yozgan edik. InfoEdu.uz dam olish kunlari va ta'lim sohasidagi o'zgarishlarni yoritishda davom etadi.

5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 29-avgust shanbadan 1-sentabr seshanbagacha ketma-ket 4 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 30-avgust yakshanbadan 1-sentabr seshanbagacha 3 kun dam oladi.
31-avgust dushanba kuni barcha xodimlar uchun, ya'ni ish haftasining 5 yoki 6 kunligidan qat'i nazar, qo'shimcha dam olish kuni hisoblanadi. 1-sentabr esa Mustaqillik kuni bayrami sifatida dam olinadi.
2026-yil uchun qo'shimcha dam olish kunlari 2025-yil 24-dekabrda imzolangan Prezident farmoni bilan belgilangan. Farmon rasmiy sanalarni nishonlash davrida dam olish kunlarini ko'chirishni nazarda tutadi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar