Qurbon hayiti 2024: Rasmiy dam olish kunlari qanday belgilanadi?
Qurbon hayiti kuni hijriy taqvim bo‘yicha zulhijja oyining o‘ninchi sanasiga to‘g‘ri keladi. Joriy yilda bayram 16-iyun yoki 17-iyun kunlariga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Ushbu dam olish kunlari nafaqat ishchilar, balki talabalar va abituriyentlar uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Bayram kunlari taqsimoti
Agar Qurbon hayiti 16-iyunga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, dam olish kunlari quyidagicha tartibda bo‘ladi:
- 15-iyun, shanba — 5 kunlik ish haftasidagilar uchun dam olish, 6 kunliklar uchun ish kuni;
- 16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti (bayram kuni);
- 17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);
- 18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023 yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).
Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.