Germaniyada ingliz tilida bepul bakalavr: FAU Erlangen-Nürnberg
Germaniyada oliy ta’lim olish ko'plab abituriyentlarning orzusidir. Bugun biz FAU Erlangen-Nürnberg universitetida ingliz tilida bepul ta’lim olish imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz.
Germaniyada oliy ta’lim haqiqatan bepulmi?
Germaniya davlat universitetlarida odatda o‘quv to‘lovi (tuition fee) mavjud emas. Biroq, talabalar har semestrda ma’muriy xarajatlar uchun "semestr to‘lovi" (semester fee) to‘lashlari kerak. Bu summa odatda 250 yevrodan oshmaydi. Shuning uchun ta’limni shartli ravishda bepul deb atash mumkin.
Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar uchun Germaniya universitetlariga kirishda kirish ballari yo'nalishlar kesimida talab etiladigan akademik ko'rsatkichlar muhim ahamiyatga ega.
FAU Erlangen-Nürnberg universiteti haqida
Friedrich-Alexander-University (FAU) Bavariyadagi eng yirik universitetlardan biri bo‘lib, THE reytingida 198-o‘rinni egallaydi.
Taklif etilayotgan kurs tafsilotlari
- Yo'nalish: Bachelor of Science: International Business Studies
- Til: Ingliz tili
- Davomiyligi: 6 semestr
- To‘lov: Bepul
Hujjatlar va talablar
Nomzodlardan bakalavr diplomi yoki akademik litsey/kollejni tamomlaganlik to‘g‘risidagi baholar ko‘chirmasi talab qilinadi. Kerakli hujjatlar:
- Diplom yoki reyting daftarchasi (tarjima qilingan);
- To‘ldirilgan ariza anketasi;
- Pasport nusxasi;
- Motivatsion xat va tavsiyanoma (agar so‘ralsa).
Qabul jarayoni va qo‘shimcha ma’lumotlarni bu yerda tekshirib olishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.