DAAD dasturi bilan Germaniyada bepul ta'lim
Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan DAAD dasturi har yili xalqaro talabalarga turli sohalar bo'yicha Germaniyada magistratura yoki doktorantura darajalarida o'qish uchun to'liq grantlar ajratadi. Bu talabalar uchun o'z bilimlarini xalqaro darajada oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
Dasturda bakalavr darajasini bitirganiga olti yildan oshmagan va kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo'lgan mutaxassislar ishtirok etishi mumkin. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida o'z mutaxassisligingizni aniqlab, mos dasturni tanlashingiz tavsiya etiladi.
Grant miqdori va imtiyozlar
- O'qish bepul;
- Magistratura uchun 961 yevro, doktorantura uchun 1000 yevro oylik stipendiya;
- Tibbiy sug'urta va safar xarajatlari qoplanadi.
Asosiy talablar
- O'qimoqchi bo'lgan sohasiga aloqador yo'nalishda to'rt yillik bakalavr darajasini yuqori baholar bilan bitirgan bo'lish;
- Kamida ikki yillik ish tajribasi;
- Nemis tilida o'qish uchun kamida B1 sertifikati;
- Ingliz tilida o'qish uchun IELTS (kamida 6) yoki TOEFL (kamida 80 internet-based) sertifikatlari.
Ariza topshirish tartibi
Bir paytda uchta yo'nalishga hujjat topshirish mumkin. Hujjatlar DAAD dasturida qatnashadigan universitetlarga to'g'ridan to'g'ri topshirilishi kerak. Ro'yxat bilan SHU YERDA tanishing.
Kerakli hujjatlar:
- To'ldirilgan va imzo qo'yilgan DAAD arizasi;
- Europass formatidagi CV: http://europass.cedefop.europa.eu/;
- Motivatsion xat (Letter of Motivation);
- Ish joyidan tavsiyanoma;
- Mehnat daftarchasi nusxasi;
- Til sertifikatlari va diplom ilovalari.
Eslatma: Hujjatlarni topshirish muddatlari va texnik masalalar bo'yicha batafsil ma'lumotni DAAD rasmiy sayti orqali olishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.