Germaniyada bepul o'qish: DAAD grant dasturi
Germaniya hukumati tomonidan moliyalanadigan DAAD dasturi xalqaro talabalarga Germaniyada magistratura yoki doktorantura darajalarida to'liq grant asosida o'qish imkonini beradi. Talabalar uchun ushbu imkoniyat kelajakdagi karyerasi uchun katta zamin yaratadi.
Dastur kimlar uchun mo'ljallangan?
Grantga nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Bakalavr darajasini yuqori baholar bilan bitirganiga 6 yildan oshmagan bo'lish;
- Kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo'lish;
- Nemis tilida o'qish uchun B1 sertifikati yoki ingliz tilida o'qish uchun IELTS (6.0) / TOEFL (80 iBT) sertifikatlari.
O'zbekistondagi oliygohlar bitiruvchilari ushbu dastur orqali dunyoning eng nufuzli universitetlarida bilim olishlari mumkin.
Grant miqdori va imtiyozlar
DAAD dasturi nafaqat o'qish to'lovini qoplaydi, balki quyidagilarni ham o'z ichiga oladi:
- Magistratura uchun 750 yevro, doktorantura uchun 1000 yevro oylik stipendiya;
- Tibbiy sug'urta xarajatlari;
- Safar xarajatlari qoplanadi.
Ariza topshirish tartibi
Bir paytda uchta yo'nalishga hujjat topshirish mumkin. Hujjatlar DAAD dasturida qatnashadigan universitetlarga to'g'ridan to'g'ri topshirilishi kerak. Ro'yxat: SHU YERDA.
Kerakli hujjatlar
- DAAD arizasi;
- Europass formatidagi CV: http://europass.cedefop.europa.eu/;
- Letter of Motivation (ikki betli insho);
- Ish joyidan tavsiyanoma va mehnat daftarchasi nusxasi;
- Til sertifikatlari va diplom nusxalari.
Eslatma: Ba’zi universitetlar qo‘shimcha ma’lumot so‘rashi mumkin.
Tanlov jarayoni va muddatlar
Hujjatlar topshirish muddati universitetga qarab farq qiladi. Batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali ko'ring. Texnik muammolar yuzaga kelsa, ushbu manzilga murojaat qiling.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.