DAAD EPOS Scholarship: Germaniyada magistratura uchun grant

Germaniyada tibbiyot sohasida bepul o’qishni xohlaysizmi? DAAD EPOS Scholarship dasturi orqali Charite universitetida magistraturada tahsil olish imkoniyatini qo’lga kiriting.

4
DAAD EPOS Scholarship: Germaniyada magistratura uchun grant

DAAD EPOS Scholarship: Xalqaro sog‘liqni saqlash dasturi

Germaniyada nufuzli Charite universiteti tibbiyot markazida magistratura bosqichida tahsil olishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat. DAAD EPOS stipendiya dasturi xalqaro sog‘liqni saqlash yo‘nalishida o‘qishni xohlovchi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Agar siz xorijda ta'lim olishga qiziqsangiz, talabalar uchun foydali maslahatlarimizni o'qib chiqishingiz mumkin.

Grant dasturi nimalarni qamrab oladi?

DAAD EPOS stipendiyasi quyidagi xarajatlarni to‘liq qoplaydi:

  • Ta’lim xarajatlari;
  • Yashash va turmush xarajatlari.

Nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi mezonlarga javob berishingiz kerak:

  • O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlat fuqarosi bo‘lish;
  • Sog‘liqni saqlash sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
  • Ingliz tilini yuqori darajada bilish.

Hujjat topshirish jarayoni

Ariza topshirishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • Onlayn ariza shakli;
  • CV (tarjimayi hol) va motivatsion xat;
  • Tadqiqot rejasi;
  • Ish joyidan tavsiyanoma va ma’lumotnoma;
  • Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS 6/ TOEFL 80);
  • Diplom va baholar ilovasi (tarjimasi bilan).

Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun rasmiy veb-saytga o‘ting. Shuningdek, chet elda o'qish uchun abituriyentlar uchun mo'ljallangan qo'shimcha ma'lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.

Ariza topshirish muddati: 15-oktyabr.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar