Germaniya: GISMA Business School MBA uchun 11 500 yevrolik grant

Germaniyaning GISMA Business School universitetida MBA dasturi uchun 11 500 yevrogacha bo’lgan ‘Future Leaders’ grantini qo’lga kiriting. Batafsil ma’lumot.

2
Germaniya: GISMA Business School MBA uchun 11 500 yevrolik grant

GISMA Business School: MBA uchun 11 500 yevrolik grant

Germaniyada magistratura bosqichida o'qishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat. GISMA Business School xalqaro talabalar uchun 11 500 yevrogacha bo'lgan grant dasturini e'lon qildi.

GISMA Business School haqida

GISMA (German International Graduate School of Management and Administration) — Hannover va Berlinda joylashgan nufuzli xususiy biznes maktabidir. 1999-yilda Quyi Saksoniya shtati hukumati va Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shreder tashabbusi bilan asos solingan ushbu dargoh yuqori sifatli ta'limi bilan mashhur.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan Future Leaders Scholarships for International Students dasturi MBA yo'nalishida tahsil oluvchi iqtidorli talabalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlaydi.

Grant tafsilotlari

  • Muassasa: GISMA Business School
  • Daraja: Magistratura (MBA)
  • Grant miqdori: O'quv to'lovining 50% qismi (11 500 yevrogacha)
  • Ariza topshirish: Onlayn

Talab etiladigan hujjatlar

  • Pasport nusxasi va fotosurat;
  • Til sertifikati (IELTS 6.5, TOEFL 77 yoki Cambridge B2);
  • Motivatsion xat va rezyume;
  • Bakalavr diplomi;
  • Ish tajribasi (ixtiyoriy) va boshqa tegishli sertifikatlar.

Ariza berish tartibi

Nomzodlar universitetning rasmiy ariza topshirish sahifasi orqali ro'yxatdan o'tishlari kerak. Dastlab MBA dasturini tanlang va qabul qilingandan so'ng grant uchun alohida ariza to'ldiring. Qo'shimcha ma'lumotlar uchun talabalar uchun bo'limimizni kuzatib boring yoki abituriyentlar uchun foydali maslahatlarni o'qing.

Eslatma: Hujjatlar 2021-yil 31-may sanasigacha qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumotlar bu yerda

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar