Germaniyada bepul ta'lim: FES stipendiya dasturi
Germaniyada o‘qish va ilmiy tadqiqot olib borishni orzu qilgan xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyat! Friedrich Ebert Foundation (FES) tomonidan taqdim etilayotgan stipendiya dasturi oylik 850 yevro miqdoridagi stipendiya va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi.
Stipendiya haqida umumiy ma'lumot
Ushbu grant dasturi tibbiyot yo‘nalishidan tashqari barcha sohalardagi bakalavr, magistratura va PhD bosqichida tahsil olayotgan yoxud tadqiqot olib borayotgan chet ellik talabalar uchun mo‘ljallangan.
- Stipendiya miqdori: Oylik 850 yevrogacha.
- Imtiyozlar: Tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplanadi.
- Talablar: Germaniya universitetlaridan biriga qabul qilingan bo‘lish.
Qanday hujjat topshirish kerak?
Grantga ariza berishdan avval, siz tanlagan Germaniya davlat universitetiga hujjat topshirishingiz va o‘qishga qabul qilinganligingizni tasdiqlovchi hujjatni olishingiz kerak. Abituriyentlar uchun Germaniya universitetlariga kirish jarayoni va talabalar uchun xalqaro dasturlar haqida batafsil ma'lumotlarni saytimizdan olishingiz mumkin.
Muhim sanalar
FES grant dasturiga arizalar qabul qilinishi davom etmoqda. Shuni yodda tutingki, Germaniyadagi har bir oliy ta’lim muassasasining o‘z ichki qabul muddatlari mavjud, shuning uchun hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlash muhim.
Batafsil ma'lumot va ariza topshirish uchun:
- Rasmiy onlayn ariza sahifasiga o‘ting.
- Dastur bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, batafsil ma'lumot olish uchun FES rasmiy saytiga murojaat qiling yoki [email protected] manziliga yozing.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.