Uzbekistan GTL stipendiya dasturi: Talabalar uchun imkoniyatlar
"Uzbekistan GTL" mas’uliyati cheklangan jamiyati iqtidorli talabalarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi stipendiyalar dasturini e'lon qildi. Bu dastur kelajak kadrlarini tayyorlash va ularni kompaniya faoliyatiga jalb etishga qaratilgan.
Stipendiya kimlar uchun mo‘ljallangan?
- 30 yoshdan oshmagan nomzodlar;
- OTMning 3-4-kurs bakalavrlari hamda 1-2-kurs magistratura talabalari;
- Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotganlar.
Stipendiya miqdori 3 bazaviy hisoblash miqdoridan kam bo‘lmagan holda 10 oy davomida to‘lab boriladi. Talabalar uchun mo‘ljallangan ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z kelajagingizni kompaniya bilan bog‘lashingiz mumkin.
Ariza topshirish uchun zarur hujjatlar
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar skaner nusxada, xat mavzusini “GTL stipendiyasi” deb ko‘rsatib, [email protected] manziliga yuborilishi kerak:
- O‘qish joyidan ma’lumotnoma;
- To‘ldirilgan anketa;
- Motivatsiya xati (o‘zbek, rus yoki ingliz tilida);
- Patentlar, sertifikatlar yoki fan sohasidagi yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
- Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik;
- Chet tillarini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa).
Imtiyozlar va monitoring
Stipendiya sohiblari kompaniyaning kadrlar zaxirasiga kiritiladi hamda diplom oldi amaliyotini o‘tashda amaliy yordam oladi. Stipendiya oluvchilarning o‘zlashtirishi har chorakda monitoring qilib boriladi. Oliy ta'lim muassasalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni bizning saytimizda kuzatib boring.
Hujjatlar 15-oktabrgacha qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun SHU YERGA kiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.