Kembrij universitetida o‘qish: Grantlar va talablar

Kembrij universitetida bakalavr, magistratura va PhD bosqichlarida o‘qish uchun Cambridge Trust stipendiyalariga qanday ariza topshirishni bilib oling.

4
Kembrij universitetida o‘qish: Grantlar va talablar

Kembrij universiteti stipendiyalari: Talabalar uchun imkoniyatlar

Buyuk Britaniyaning nufuzli Kembrij universitetida tahsil olishni orzu qilgan abituriyentlar va talabalar uchun ajoyib yangilik! Cambridge Trust har yili xalqaro talabalarga bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida o‘qishlari uchun maxsus stipendiyalar taklif etadi.

Bakalavr bosqichi uchun grantlar

Kembrij universitetining bakalavriat dasturlariga qabul qilingan va moliyaviy yordamga muhtoj talabalar qisman to‘lanadigan stipendiyalarga da'vogar bo‘lishlari mumkin. Grantni qo‘lga kiritishda akademik ko‘rsatkichlar va moliyaviy holat asosiy mezon hisoblanadi. Shuni yodda tutingki, ushbu grant uchun faqat universitetga qabul qilingan talabalar ariza bera oladi.

Magistratura va PhD uchun grantlar

Grantlarning 85% qismi magistratura va doktorantura talabalariga yo‘naltirilgan. Dasturning asosiy maqsadi – 250 nafar iqtidorli xalqaro talabaga ilmiy tadqiqot olib borish uchun to‘liq sharoit yaratishdir. Stipendiyaga ariza topshirish jarayoni universitetga kirish uchun hujjat topshirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

Stipendiya imtiyozlari va talablar

  • O‘qish kontrakt to‘lovini 100% gacha qoplash imkoniyati;
  • Istalgan davlat fuqarolari uchun ochiq;
  • Yuqori akademik ko‘rsatkichlar;
  • Bakalavrlar uchun ariza topshirish muddati: 15-oktyabr;
  • Magistratura uchun ariza topshirish muddati: 2-dekabr.

O‘qishga kirish va ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun kirish ballari yo‘nalishlar kesimida sahifasiga o‘tishingiz mumkin. Shuningdek, talabalik hayoti va boshqa imkoniyatlar bilan talabalar uchun bo‘limida tanishib chiqing.

Dastur haqida batafsil ma'lumotni Cambridge Trust rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Bakalavr bosqichidagilar shu yerdan, magistratura va PhD bosqichidagilar esa ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar