Ekologiya va atrof-muhit vaziri stipendiyasi ta’sis etildi
Prezident qarori (PQ–174-son, 31.05.2023-y.) asosida 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan eng iqtidorli talabalar uchun yangi stipendiya joriy etildi.
Stipendiya miqdori va to‘lov shartlari
Ushbu stipendiya dasturi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- To‘lov-kontrakt asosida o‘quvchilar uchun: Bir yillik kontrakt summasi qoplanadi va har oyda BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida stipendiya beriladi.
- Davlat granti asosida o‘quvchilar uchun: Har oyda BHMning 6 baravari (1 mln 980 ming so‘m) miqdorida stipendiya tayinlanadi.
Oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar va talabalar uchun foydali ma’lumotlarni kuzatib boring. Agar siz hali o‘z yo‘nalishingizni tanlamagan bo‘lsangiz, kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumotlari bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
Ushbu yangilik sizning ta’lim olishingizga qanday ta’sir ko‘rsatadi? O‘z fikr-mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.