Germaniyada magistratura: Universitetlar mutlaqo bepulmi?
Ko'plab abituriyentlar va talabalar Germaniyada oliy ta'lim mutlaqo bepul deb o'ylashadi. Aslida, davlat universitetlarida o'qish uchun to'lov (tuition fee) olinmasa-da, talabalar semestr to'lovini (semester fee) to'lashlari shart. Bu to'lov odatda ma'muriy xarajatlar uchun olinadi va bir semestr uchun 250 yevrodan oshmaydi.
Shuni yodda tutish kerakki, Baden-Wurttemberg kabi ba'zi hududlarda xalqaro talabalar uchun to'lovlar joriy etilgan. Shunga qaramay, aksariyat universitetlarda ta'lim bepul hisoblanadi.
University of Bayreuth: Ingliz tilidagi magistratura
Germaniya xalqaro talabalar uchun ingliz tilidagi ko'plab magistratura dasturlarini taklif etadi. 1975-yilda tashkil etilgan va dunyoning eng yaxshi yosh universitetlari qatoridan joy olgan University of Bayreuth shulardan biridir.
Ushbu oliygohda ta'lim olish istagidagi talabalar uchun "History & Economics" (Master of Arts) dasturi ingliz tilida bepul o'qitiladi. Dastur davomiyligi 4 semestrni tashkil etadi.
Kerakli hujjatlar ro'yxati:
- Bakalavr diplomi (ingliz tiliga tarjima qilingan);
- Pasport nusxasi;
- IELTS (kamida 5.5) yoki ekvivalent sertifikat;
- Motivatsion xat;
- Kollej yoki litsey diplomi (ingliz tiliga tarjima qilingan).

Arizalarni [email protected] manziliga yuborishingiz mumkin. Batafsil ma'lumot uchun universitet rasmiy saytiga o'ting.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.