Germaniyada oliy ta’lim: Bepul o‘qish imkoniyati
Germaniya xalqaro talabalar uchun sifatli va bepul oliy ta’limni taklif qiluvchi sanoqli davlatlardan biri hisoblanadi. Ko‘plab abituriyentlar uchun Germaniyada o‘qish orzusi haqiqatga yaqin.
Germaniyada ta’lim haqiqatan mutlaqo bepulmi?
Javob ham "ha", ham "yo‘q". Aksariyat davlat universitetlarida yillik o‘quv to‘lovi (tuition fee) yo‘q, ammo semestr to‘lovlari (semester fee) mavjud. Bu to‘lov odatda 250 yevrogacha bo‘lib, ma’muriy xarajatlar uchun sarflanadi. Shuningdek, talabalar uchun barcha hududlarda ham sharoit bir xil emas, masalan, Baden-Wurttemberg hududida xalqaro talabalardan to‘lov talab qilinishi mumkin.
Leuphana University of Lüneburg: Ingliz tilida ta’lim
Germaniyaning Lüneburg shahrida joylashgan ushbu nufuzli oliygoh ingliz tilida o‘qitiladigan bakalavr dasturini taklif etadi. Universitet Germaniyadagi milliy reytinglarda yuqori o‘rinlardan birini egallaydi.

Taklif etilayotgan dastur
- Dastur: International Business Administration & Entrepreneurship
- Tili: Ingliz tili
- Davomiyligi: 6 semestr (3 yil)
- To‘lov: O‘qish bepul
Nomzodlar uchun talablar
- Bakalavr darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (akademik litsey yoki kollej diplomi).
- Ingliz tili sertifikati: IELTS 6.5, TOEFL iBT 97 yoki ekvivalent sertifikatlar.
Hujjat topshirish tartibi
Arizalar odatda Uni-Assist tizimi orqali qabul qilinadi. Hujjatlarni qabul muddati tugashidan kamida 6 hafta oldin topshirish tavsiya etiladi. Batafsil ma’lumot va ariza yuborish uchun rasmiy sahifaga o‘ting.
Qabul tugashi: 2021-yil 15-iyul (qishki semestr uchun). Batafsil bu yerda

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.