Gonkong Siti universitetida to‘liq grant asosida o‘qish

Gonkong Siti universitetida bakalavr bosqichida o‘qish uchun xalqaro talabalarga ajratiladigan to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi haqida batafsil ma’lumot.

3
Gonkong Siti universitetida to‘liq grant asosida o‘qish

Gonkong Siti universitetida grant dasturi: Imkoniyatlar va talablar

Gonkongda ta’lim olishni istagan abituriyentlar uchun ajoyib yangilik! Gongkong Siti universiteti (CityU) xalqaro talabalar uchun bakalavr bosqichida o‘qish imkonini beruvchi grant dasturlarini e’lon qildi.

Gongkong Siti universiteti haqida

Gongkong Siti universiteti – talabalarning iste’dodlarini rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo‘shishni maqsad qilgan nufuzli davlat tadqiqot universitetidir. Universitet QS Global World Rankings reytingida dunyoning eng yaxshi oliygohlari qatoridan joy olgan.

See the source image

Grant dasturi kimlar uchun?

Ushbu dastur mahalliy bo‘lmagan, yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega xalqaro talabalar uchun mo‘ljallangan. Grant ajratishda alohida ariza talab etilmaydi, tanlov o‘quv dasturiga qabul jarayonida akademik ko‘rsatkichlar asosida amalga oshiriladi.

Asosiy talablar

  • CGPA ko‘rsatkichi: 3.4 yoki undan yuqori;
  • Til bilish darajasi: IELTS 6.5, TOEFL IBT 79 yoki TOEFL PBT 550;
  • Hujjatlar: Pasport nusxasi va o‘rta maktab bitiruv guvohnomasi.

O‘zingizni qiziqtirgan kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarni o‘rganib chiqishni tavsiya qilamiz.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari

Grant uch xil shaklda taqdim etiladi:

  • 180 000 Gonkong dollari (taxminan 23 200 AQSh dollari) miqdorida to‘liq moliyalashtirish;
  • O‘qish to‘lovini to‘liq qoplash;
  • O‘qish to‘lovining 50% qismini qoplash.

Batafsil ma'lumot uchun universitetning rasmiy sahifasiga tashrif buyuring. Shuningdek, abituriyentlar uchun foydali maslahatlarni infoedu.uz saytidan olishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar