Draxel universiteti: AQSHda to'liq grant asosida tahsil oling
AQSHning nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan biri bo'lgan Draxel universiteti xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi. Universitet har yili iqtidorli va yetakchilik qobiliyatiga ega talabalar uchun turli grant dasturlarini e'lon qiladi.
Global Scholars Program dasturi
Ushbu dastur to'liq moliyalashtiriladigan grant bo'lib, har yili o'rtacha 15 nafar xalqaro talabaga beriladi. Agar siz abituriyentlar uchun mo'ljallangan xalqaro grantlarni qidirayotgan bo'lsangiz, bu dastur aynan siz uchun.
Nomzodlar uchun talablar
- Grant barcha xalqaro talabalar uchun ochiq;
- Nomzod Draxel universitetining 1-kursiga qabul qilingan bo'lishi shart.
Grantning afzalliklari
- To'liq kontrakt to'lovidan ozod etilish;
- 1-kurs talabalariga turar joy masalalarida ko'maklashish (eslatma: grant turar joy va yillik qo'shimcha xarajatlarni qoplamaydi).
Hujjat topshirish jarayoni
Dasturda ishtirok etish uchun avvalo universitetga xalqaro talaba sifatida qabul qilinishingiz kerak. Talabalar uchun muhim bo'lgan ariza topshirish jarayoni quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- 750 so'zdan iborat insho (hayotiy qarorlar va jamiyatga qo'shadigan hissa haqida);
- CV/Resume;
- Discover Drexel portali orqali onlayn ro'yxatdan o'tish.
Eslatma: Hujjat topshirishdan avval grant haqida batafsil rasmiy sayt orqali tanishib chiqing. Barcha ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.