Alberta universiteti: Kanadada to‘liq grant yutib olish imkoniyati
Kanadaning top-5 talik universitetlari qatoriga kiruvchi Alberta universiteti xalqaro talabalar uchun bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida grant dasturlarini e'lon qildi. Bu chet ellik yoshlar uchun jahon darajasidagi ta’lim olish va moliyaviy yordamga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Alberta universitetida ta'lim yo'nalishlari
Universitetda 200 dan ortiq bakalavriat va 500 dan ortiq magistratura yo‘nalishlari mavjud. Asosiy sohalar qatoriga quyidagilar kiradi:
- Qishloq xo‘jaligi va ekologiya fanlari
- Alberta biznes maktabi
- Muhandislik va texnologiyalar
- Tibbiyot, stomatologiya va farmatsevtika
- Ijtimoiy va gumanitar fanlar
- Huquqshunoslik va jamoat salomatligi
Qiziqqan yo‘nalishlaringiz bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida sahifasiga o‘tib, o‘zingizga mos dasturni tanlashingiz mumkin.
Stipendiya va grant turlari
Alberta universiteti talabalarni rag‘batlantirish uchun bir qator moliyaviy dasturlarni taqdim etadi:
- Entrance Scholarships: Bakalavriat va magistratura uchun avtomatik tarzda belgilanadi.
- International Student Scholarships: 4 yil uchun 9 000$ gacha stipendiya.
- University of Alberta Gold Standard Scholarship: 6 000$ gacha mablag‘.
- Master’s Entrance Scholarship: 17 500$ stipendiya (xalqaro talabalarga qo‘shimcha 10 000$ ajratiladi).
- Alberta Graduate Excellence Scholarship (AGES): 11 000$ dan 15 000$ gacha grantlar.
Nomzodlar uchun talablar
Dasturda barcha xalqaro talabalar qatnashishi mumkin. Agar siz ingliz tili rasmiy til hisoblanmaydigan davlatdan bo‘lsangiz, til bilish sertifikatini taqdim etishingiz shart. Hujjat topshirish jarayoni va talabalar uchun muhim maslahatlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Oxirgi muddatni kutmasdan, hujjatlaringizni ertaroq tayyorlash va topshirish muvaffaqiyat garovidir. Batafsil ma’lumotlarni universitetning rasmiy sayti orqali kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.