Central European University (CEU) grant dasturi haqida
Vengriya va Avstriyada joylashgan nufuzli Central European University (CEU) bakalavriat, magistratura hamda doktorantura bosqichlari uchun yangi grant dasturlarini e'lon qildi. Bu dastur o‘z bilimini xalqaro darajada oshirishni istagan barcha talabalar uchun ajoyib imkoniyatdir.
Grant imtiyozlari va moliyalashtirish
CEU grantlari talabalarning barcha asosiy xarajatlarini qoplaydi:
- CEU Master’s Excellence Scholarship: oyiga 1,000 EUR stipendiya.
- CEU Master’s Distinction Scholarship: oyiga 750 EUR stipendiya.
- CEU Doctoral Scholarships: oyiga 1,350 EUR stipendiya.
- Kontrakt to‘lovlarini 100% qoplash.
- Tibbiy sug‘urta va yashash xarajatlari uchun stipendiyalar.
Qabul jarayonida hech qanday to‘lovlar mavjud emas va IELTS/TOEFL sertifikatlari majburiy emas. Abituriyentlar uchun bu xalqaro ta'limga kirishning eng qulay yo'li hisoblanadi.
Kerakli hujjatlar va yo‘nalishlar
CEU iqtisodiyot, huquq, siyosatshunoslik, tarix, sotsiologiya va matematika kabi ko‘plab sohalarda ta'lim beradi. Arizani topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- Ta’lim to‘g‘risidagi diplom yoki guvohnoma (ingliz tiliga tarjima qilingan);
- Pasport nusxasi;
- Qisqa rezyume (CV);
- Tibbiy ma’lumotnoma;
- Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi xat (agar mavjud bo‘lsa).
Universitetga kirish bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar va oliygohlar kirish ballari bilan tanishish orqali o‘z imkoniyatlaringizni baholang.
Tanlov mezonlari
Dasturda barcha millat vakillari ishtirok etishi mumkin. Bakalavriat uchun 12 yillik ta'lim, magistratura va doktorantura uchun esa tegishli darajadagi diplomlar talab qilinadi. Nomzodlar yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishlari kerak.
Batafsil ma'lumot uchun: Rasmiy sahifaga o‘tish.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.