O’zbekiston diplomlari Qirg’izistonda tan olinadi

O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasida oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatlarni o’zaro tan olish bo’yicha kelishuvga erishildi. Bu ikki mamlakat talabalari uchun keng imkoniyatlar ochadi.

36
O’zbekiston diplomlari Qirg’izistonda tan olinadi

O'zbekiston va Qirg'iziston Respublikalari o'rtasida oliy ma'lumot to'g'risidagi hujjatlarni o'zaro tan olish to'g'risida kelishuv imzolandi. Bu ikki davlat talabalari va bitiruvchilari uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Kelishuvga ko'ra, O'zbekiston OTMlarida olingan diplomlar Qirg'izistonda, Qirg'iziston OTMlarida olingan diplomlar esa O'zbekistonda hech qanday qo'shimcha tartiblarsiz tan olinadi. Bu bitiruvchilarga ikki mamlakat mehnat bozorida teng huquqli asosda ishlash imkonini beradi.

Kelishuv ikki tomonlama ta'lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Hozirda O'zbekistonda 8 mingga yaqin qirg'izistonlik talaba tahsil olayotgan bo'lsa, Qirg'izistonda ham ko'plab o'zbekistonlik yoshlar ta'lim olmoqda.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, diplomlarni o'zaro tan olish Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida ta'lim integratsiyasini kuchaytirish va yagona ta'lim makonini shakllantirish yo'lidagi muhim qadamdir.

Reklama

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar