Avstraliyada o’qish: ANU grant dasturi (Bakalavr va Magistr)

Avstraliya Milliy Universitetida tahsil olish uchun xorijiy talabalarga mo’ljallangan qisman va to’liq moliyalashtiriladigan ANU grant dasturi haqida batafsil.

3
Avstraliyada o’qish: ANU grant dasturi (Bakalavr va Magistr)

Avstraliya Milliy Universitetida (ANU) xorijiy talabalar uchun grant dasturi

Avstraliyaning nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan biri bo'lgan Australia National University (ANU) xorijiy talabalar uchun bakalavriatura va doktorantura bosqichlarida tahsil olish imkonini beruvchi «ANU International Scholarship» grant dasturini e'lon qildi.

Grantning afzalliklari

  • Bakalavriatura bosqichi uchun 3 yilgacha moliyaviy mukofot;
  • Doktorantura bosqichi talabalari uchun 2 yilgacha moliyaviy qo'llab-quvvatlash;
  • Kontrakt to'lovlari uchun 25-50% gacha chegirmalar;
  • 1 yil davomida universitet yotoqxonasi bilan ta'minlash.

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar

Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Avstraliya viza talablariga moslik;
  • Avval ushbu grant sohibi bo'lmagan bo'lish;
  • Universitetdan qabul xati (offer letter) olingan bo'lishi;
  • Yuqori akademik ko'rsatkichlar (GPA 4.0 dan past bo'lmagan holda).

Agar siz xorijda o'qishga qiziqsangiz, talabalar uchun foydali maslahatlar bilan tanishishingiz yoki abituriyentlar uchun mo'ljallangan yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin.

Dasturga hujjat topshirish jarayoni rasmiy sayt orqali onlayn amalga oshiriladi. Batafsil ma'lumotlar uchun universitetning grantlar sahifasiga murojaat qiling.

Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar