Portu universiteti: Portugaliyada xalqaro grant dasturlari

Portu universitetida bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida o’qish uchun xalqaro talabalarga taqdim etiladigan grant dasturlari haqida bilib oling.

3
Portu universiteti: Portugaliyada xalqaro grant dasturlari

Portu universitetida ta'lim olish va grant imkoniyatlari

Portugaliyaning eng nufuzli ilmiy markazlaridan biri bo'lgan Portu universiteti xalqaro talabalar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Ilm-fan va texnologiyalar sohasida boy tajribaga ega ushbu universitetda bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olish uchun bir nechta grant dasturlari mavjud.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etiladigan grant turlari

Portu universiteti nomzodlarning akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati va moliyaviy ehtiyojlariga qarab quyidagi grantlarni taklif etadi:

  • SASUP scholarships: Bakalavr va magistratura talabalari uchun mo'ljallangan ijtimoiy ko'mak.
  • Merit scholarships: Yuqori akademik ko'rsatkichlarga ega talabalar uchun rag'batlantiruvchi stipendiya.
  • Scientific scholarships: Ilmiy tadqiqotlar bilan shug'ullanishni istagan barcha bosqich talabalari uchun.
  • Other support programs: Moliyaviy yordamga muhtoj talabalar uchun maxsus dasturlar.

Qo'shimcha ma'lumotlar va talabalar uchun foydali maslahatlarni saytimizdan olishingiz mumkin.

Grantning manfaatli tomonlari

Dasturlar doirasida talabalarga oylik stipendiya, o'qish to'lovidan ozod etilish, shuningdek, yashash, ovqatlanish va transport xarajatlarini qoplash kabi imtiyozlar ko'zda tutilgan.

Kimlar ariza bera oladi?

Ushbu grant dasturlarida Portugaliya fuqarolari bilan bir qatorda barcha xalqaro talabalar ishtirok etishlari mumkin. Nomzodlar universitetning tegishli o'quv dasturlariga hujjat topshirgan bo'lishlari shart.

Universitetga kirish va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishish hamda arizalarni yuborish uchun rasmiy havola orqali o'tishingiz mumkin.

Eslatma: Arizalar muddati kurslar kesimida turlicha, shuning uchun universitet yangiliklarini kuzatib borish tavsiya etiladi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar