Gamburg universiteti stipendiyasi: Bakalavrlar uchun 720 yevro

Gamburg universiteti xalqaro talabalar uchun 720 yevrogacha bo’lgan stipendiya dasturini e’lon qildi. Ariza topshirish tartibi va kerakli hujjatlar bilan tanishing.

4
Gamburg universiteti stipendiyasi: Bakalavrlar uchun 720 yevro

Gamburg universiteti bakalavr talabalari uchun stipendiya dasturi

Germaniyaning nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lgan Gamburg universiteti xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6 oygacha muddatga 200-720 yevro miqdoridagi stipendiya dasturini taqdim etadi. Ushbu imkoniyat talabalar uchun o‘z o‘qishlarini yakunlashda muhim ko‘mak bo‘lib xizmat qiladi.

Nomzodlar uchun talablar

  • Gamburg universitetiga qabul qilingan bo‘lish;
  • Germaniya fuqarosi bo‘lmasligi;
  • BAföG federal stipendiyasini olayotgan bo‘lmaslik;
  • O‘qishning yakuniy imtihonlariga tayyorlanayotgan yoki qabul qilingan bo‘lish;
  • Hozirda boshqa hech qanday moddiy yordam olmayotgan bo‘lish.

Grant miqdori va muddatlari

Stipendiya odatda 6 oy muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘rtacha 200-720 yevroni tashkil etadi. Zaruriyat tug‘ilganda ushbu muddat 12 oygacha uzaytirilishi mumkin. Abituriyentlar uchun taqdim etilayotgan ushbu dasturga yiliga ikki marta ariza topshirish mumkin: 1-iyun va 1-dekabr sanalarigacha.

Ariza topshirish jarayoni

Onlayn ariza berish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • CV (tarjimai hol);
  • Arizaning asoslantirilgan sababi;
  • Yakuniy imtihongacha bo‘lgan barcha bosqichlar jadvali;
  • Yakuniy ish uchun ilmiy rahbarning tavsiyanomasi yoki bahosi.

Batafsil ma'lumotlar va baholash mezonlari bilan bu yerdan tanishib chiqishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun universitet rasmiy saytiga ushbu havola orqali o‘tishingiz mumkin. Qabul yopilgandan so‘ng 4 hafta ichida natijalar e'lon qilinadi.

Bog‘lanish

Savollar yuzasidan: Tel: +49 40 42838-3311, Email: [email protected]

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar