Avstraliyada ta’lim: Kaplan Business School grant dasturi

Avstraliyaning Kaplan Business School universitetida bakalavr va magistratura bosqichlari uchun High Achievers Scholarship grantiga qanday hujjat topshirish mumkin?

6
Avstraliyada ta’lim: Kaplan Business School grant dasturi

Kaplan Business School grant dasturi haqida

Avstraliyaning nufuzli mustaqil oliy ta’lim muassasasi Kaplan Business School xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi. 2008-yilda Adelaida shahrida asos solingan universitet bugungi kunda Brisben, Melburn, Perth va Sidneydagi kampuslari bilan xalqaro talabalar uchun ochiq.

Universitet biznes, buxgalteriya hisobi, menejment, marketing va mehmondo‘stlik yo‘nalishlarida bakalavr va magistratura darajalari bo‘yicha sifatli ta’lim beradi. Agar siz ham xorijda o‘qishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, abituriyentlar uchun mo‘ljallangan ushbu grant dasturi siz uchun ayni muddao.

See the source image

High Achievers Scholarship grant dasturi

Universitetning High Achievers Scholarship grant dasturi yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Grant biznesni tahlil qilish, menejment va boshqa biznes yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan.

Grantga kimlar ariza topshira oladi?

  • Bakalavr va magistratura bosqichida o‘qishni xohlovchi barcha xorijiy davlat fuqarolari.
  • Universitetning tegishli yo‘nalishlariga qabul qilingan talabalar.

Qabul jarayoni va talablar

Grant dasturida qatnashish uchun avvalo universitetga qabul qilingan bo‘lishingiz shart. Xalqaro talabalar uchun qo‘yilgan umumiy talablarni BU YERDAN bilib olishingiz mumkin. Shuningdek, talabalar uchun muhim bo‘lgan ariza topshirish jarayoni universitetning rasmiy saytida keltirilgan:

  • Universitet dasturlariga qabul qilingan talabalar BU YERDAN grant uchun ariza topshirishlari mumkin.

Batafsil ma’lumotlar rasmiy saytda

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar