AQSH universitetlarida o'qish uchun qanday grantlar bor?
AQSHda ta'lim olish ko'plab yoshlarning orzusi. Xarajatlarni qoplash uchun esa universitetlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar katta yordam beradi. AQSH universitetlarida o'qish uchun ajratiladigan grantlarning asosiy 6 turi mavjud.
AQSHda grant turlari
- Ko'rsatkichlarga asoslangan grantlar (Merit scholarships): Talabaning akademik natijalari, SAT/ACT ballari, jamiyatdagi faolligi yoki sportdagi yutuqlari asosida beriladi.
- Moliyaviy ehtiyojga asoslangan grantlar (Need-based scholarships): O'qish to'lovlarini to'lashga moliyaviy imkoniyati yetmaydigan talabalar uchun ajratiladi.
- Mamlakatga asoslangan grantlar (Country-based scholarships): Rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari bo'lgan xalqaro talabalarga mo'ljallangan.
- Universitet grantlari: Har bir universitet o'zining ichki qoidalari va mezonlari asosida eng iqtidorli nomzodlarga grant ajratadi.
- Xususiy sektor grantlari: Kompaniyalar va tashkilotlar tomonidan taklif etiladi. Ular ko'pincha muayyan guruhlar (ayollar, rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari) uchun ajratiladi.
- AQSH hukumati grantlari: Ta'lim tizimini globallashtirish maqsadida beriladi. Masalan, magistratura uchun Fulbright granti eng nufuzli hisoblanadi.
Grantlarni qanday topish mumkin?
Qaysi universitetda qanday grant taklif qilinishini bilish uchun universitet rasmiy veb-saytidagi "Financial Aid and Scholarships" yoki "Admission and Aid" bo'limlariga kirishingiz kerak. Shuningdek, kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarni kuzatib borish sizga o'z maqsadlaringizni aniqlashtirishda yordam beradi.
Ushbu grantlar orqali siz AQSHda sifatli ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin. Muvaffaqiyat tilaymiz!

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.