FLEX Dasturi: AQShda 1 yil bepul o’qish imkoniyati

FLEX dasturi orqali AQShda bir yil bepul o’qishni xohlaysizmi? Dastur talablari, saralash bosqichlari va ariza topshirish tartibi bilan batafsil tanishing.

3
FLEX Dasturi: AQShda 1 yil bepul o’qish imkoniyati

FLEX – Kelajak Liderlari Almashinuvi Dasturi

FLEX (Future Leaders Exchange) – AQSh hukumati tomonidan to‘liq moliyalashtiriladigan nufuzli xalqaro almashinuv dasturidir. Dastur doirasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar Amerikada bir yil davomida bepul o‘qish va mezbon oilada yashash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Dasturning afzalliklari

FLEX stipendiyasi quyidagilarni to‘liq qoplaydi:

  • AQShga borish va qaytish xalqaro aviachiptalari;
  • AQShda mezbon oilada bepul yashash;
  • AQShning o‘rta maktabida ta’lim olish;
  • Oylik stipendiya va tibbiy sug‘urta;
  • Dasturiy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.

Kimlar qatnasha oladi?

Dasturda 9-10-11-sinf o‘quvchilari yoki kollej/litseyning 1-2-kurs talabalari ishtirok etishlari mumkin. Nomzodlar uchun maxsus abituriyentlar uchun mo‘ljallangan tayyorgarlik ko‘nikmalari foydali bo‘lishi mumkin.

Asosiy talablar

  • 2005-yil 1-yanvar – 2007-yil 15-iyul oralig‘ida tug‘ilgan bo‘lish;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish;
  • Xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lish;
  • AQSh viza talablariga javob berish.

Saralash jarayoni

Saralash uch bosqichda amalga oshiriladi: onlayn ariza va insho yozish, ingliz tili testi hamda yakuniy suhbat va testlar. Dastur haqida batafsil ma'lumot olish uchun barcha maqolalar bo‘limini kuzatib boring.

Ariza topshirish so‘nggi muddati: 18-oktabr, 8:59 ga qadar.

Talablar, hujjat topshirish va shartlar haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA

Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar