Monash University xalqaro talabalar uchun stipendiya dasturi
Avstraliyaning nufuzli Monash University iste’dodli xalqaro talabalar, magistrlar va doktorantlar uchun navbatdagi stipendiya tanlovini e’lon qildi. Bu har yili 31 nafar talabaga universitetda bepul ta’lim olish imkonini beruvchi ajoyib imkoniyatdir.
Stipendiya shartlari va imtiyozlar
Tanlangan talabalar kunduzgi o‘qish uchun har yili $10,000 miqdorida stipendiya bilan taqdirlanadilar. Stipendiya butun o‘qish davri mobaynida amal qiladi. Uni keyingi yilga uzaytirish uchun talaba quyidagi shartlarni bajarishi kerak:
- O‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 70% dan yuqori bo‘lishi;
- Universitetni targ‘ib qilishga qaratilgan kamida 3 ta tadbirda faol ishtirok etish.
Shuni ta'kidlash joizki, abituriyentlar uchun bu dunyo darajasidagi oliygohda tahsil olish uchun katta qadamdir.
Qabul talablari
- Monash University bakalavriat, magistratura yoki doktorantura dasturlariga qabul qilingan bo‘lish;
- A’lo darajadagi akademik natijalar;
- Avstraliya fuqarosi bo‘lmaslik;
- Universitetda allaqachon tahsil olayotgan talabalar ham ariza topshirishi mumkin, biroq yangi qabul qilinganlarga ustunlik beriladi.
Qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi, faqat o‘qishga kirganlik to‘g‘risidagi tasdiqlovchi xat va stipendiya arizasi kifoya.
Ariza topshirish muddatlari
Birinchi semestr uchun: 15 oktyabr, 15 noyabr, 15 yanvar.
Ikkinchi semestr uchun: 15 mart, 15 aprel, 15 may.
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun rasmiy veb-saytga o‘ting. Talabalar uchun mo‘ljallangan boshqa xalqaro imkoniyatlarni kuzatib borishni unutmang.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.