Queensland University of Technology grant dasturi haqida
Avstraliyaning Brisben shahrida joylashgan nufuzli Queensland University of Technology (QUT) universiteti xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etmoqda. Ta’lim fakultetida magistratura (kurs ishi) bosqichida o‘qishni istagan talabalar har semestr uchun $5,000 miqdoridagi stipendiyaga ega bo‘lishlari mumkin.
Ushbu grant dasturi o‘qish xarajatlarini qisman yoki to‘liq qoplashga yordam beradi. Grant har bir semestrda qabul qilingan 1 nafardan, jami 2 nafar xorijiy talabaga ajratiladi.
Grantga qo‘yiladigan talablar
- Nomzod Avstraliya fuqarosi bo‘lmasligi kerak;
- Ta’lim fakulteti magistratura (kurs ishi) dasturlaridan biriga qabul qilingan bo‘lishi shart;
- O‘qishni keyingi semestrdan boshlashi lozim;
- Yuqori akademik ko‘rsatkichlar va ingliz tilini mukammal bilish darajasi talab etiladi.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati
- Bakalavr diplomi va akademik baholar;
- Motivatsion xat;
- CV (rezyume);
- Tavsiyanoma.
Hujjatlarni 2022-yil 15-fevral sanasiga qadar [email protected] elektron manziliga yuborishingiz kerak. Dastur haqida batafsil ma’lumotni rasmiy havola orqali olishingiz mumkin.
Xorijda ta'lim olish va oliygohlar haqidagi yangiliklardan xabardor bo'lish uchun talabalar uchun maxsus sahifamizni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.