Xitoy hukumati stipendiya dasturi: Qanday qilib grant yutib olish mumkin?
Xitoy hukumati xalqaro talabalar uchun navbatdagi stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant dasturi orqali butun dunyodan, jumladan O‘zbekistondan ham abituriyentlar hamda talabalar bakalavr, magistratura va PhD bosqichlarida Xitoyning nufuzli universitetlarida bepul ta’lim olishlari mumkin.
Grant dasturi shartlari va til talablari
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar o‘qitish tiliga qarab tegishli sertifikatlarni taqdim etishlari shart:- Xitoy tilidagi dasturlar uchun: HSK sertifikati;
- Ingliz tilidagi dasturlar uchun: IELTS yoki TOEFL sertifikatlari.
Stipendiya miqdori va imtiyozlar
Grant qo‘lga kiritgan talabalar o‘qish to‘lovidan ozod etiladi, sug‘urta xarajatlari qoplanadi hamda yotoqxona bilan ta’minlanadi. Shuningdek, quyidagi miqdorda oylik stipendiya ajratiladi:- Bakalavr uchun: oyiga $366;
- Magistratura uchun: oyiga $440;
- Doktorantura uchun: oyiga $513.
Kerakli hujjatlar
Ariza topshirish jarayoni uchun quyidagi hujjatlar jamlanmasi talab etiladi:- Ariza formasi;
- Pasport nusxasi;
- Notarial tasdiqlangan diplom va akademik transkript;
- O‘quv rejasi (Study plan) va tavsiya xatlari.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.