Yaponiyada ta'lim: MEXT grant dasturi haqida
Yaponiyada bakalavr darajasida bepul o'qishni orzu qilganlar uchun MEXT grant dasturi ajoyib imkoniyatdir. Ushbu dastur xalqaro talabalarga barcha xarajatlari qoplangan holda ta'lim olish imkonini beradi.
Dastur shartlari va imtiyozlar
MEXT granti g'oliblari dastlab Yaponiyada bir yil davomida yapon tilini o'rganishadi, so'ngra to'rt yil bakalavr bosqichida tahsil olishadi. O'qish, yashash va safar xarajatlari to'liq qoplanadi.
Asosiy talablar
- 12 yillik ta'lim darajasiga ega bo'lish (litsey, kollej bitiruvchilari yoki amaldagi talabalar);
- Yapon tilini boshlang'ich darajada bilish;
- Ingliz tilini o'rtacha darajada egallagan bo'lish.
Agar siz abituriyentlar uchun mo'ljallangan qo'shimcha ma'lumotlarni izlayotgan bo'lsangiz, bizning saytimizdagi kirish ballari yo'nalishlar kesimida bo'limiga ham nazar solishingiz mumkin.
Ariza topshirish tartibi
Anketa va hujjatlarni SHU YERDAN yuklab olishingiz mumkin. Hujjatlar ingliz yoki yapon tilida to'ldirilib, Toshkentdagi Yaponiya elchixonasiga ikki nusxada taqdim etilishi shart.
Kerakli hujjatlar ro'yxati
- To'ldirilgan anketa;
- Diplom/guvohnoma va baholar ilovasi (tasdiqlangan tarjima);
- Tavsiyanoma (namuna ilova qilingan);
- Tibbiy guvohnoma (namuna ilova qilingan).
Batafsil ma'lumotlar:
Grant haqida to'liq qo'llanma (ingliz tilida)
Grant haqida ma'lumot (o'zbek tilida)
Qo'shimcha savollar uchun elchixona bilan 78-120 80 76/60/61/62 raqamlari orqali bog'lanishingiz mumkin. Elchixona manzili: Toshkent shahri, Sodiq Azimov ko'chasi, 1-proyezd, 28-uy.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.