Thompson School'da bepul IELTS kurslari uchun grantlar
Oliy ta'lim sari intilayotgan yoshlar uchun ajoyib yangilik: Thompson School va Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi "Yosh maslahatchilar" Kengashi hamkorligida 50 nafar yosh uchun 4 oylik intensiv IELTS kurslari grant asosida taqdim etiladi.
Grant haqida umumiy ma'lumot
Ushbu dastur ishtirokchilarga 0 darajadan boshlab IELTS darajasigacha bo'lgan bilimni egallash imkonini beradi. O'qish davomida barcha zarur o'quv qo'llanmalari va zamonaviy ta'lim platformasidan foydalanish uchun shaxsiy kabinetlar taqdim etiladi.

Ishtirok etish tartibi
Tanlov 2 bosqichda o'tkaziladi:
- 1-bosqich: Google forma orqali ro'yxatdan o'tish.
- 2-bosqich: Ijtimoiy tarmoqlarda #Xorijiytillarkerak #MaslahatKengashi #ThompsonSchool heshteglari bilan video-murojaat qoldirish.
Arizalar 2021-yil 10-noyabr sanasigacha qabul qilinadi. Qo'shimcha ma'lumotlar uchun abituriyentlar uchun foydali resurslar va DTM standartidagi test tizimi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.