Boston universitetida bepul onlayn ta'lim
Bugungi kunda xalqaro ta'lim platformalari orqali dunyoning yetakchi universitetlarida bilim olish imkoniyati o'zbekistonliklar uchun ham ochiq. AQShning nufuzli Boston universiteti turli yo'nalishlar bo'yicha bepul onlayn kurslarni taklif etmoqda.

Kurslar haqida qisqacha
Boston universiteti kurslari bepul taqdim etiladi. Talabalar o'z xohishlariga ko'ra, belgilangan to'lov evaziga kurs yakunida tasdiqlangan sertifikatga ega bo'lishlari mumkin. Agar siz kelajakda xorijiy oliygohlar kesimida bilim olishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, bu kurslar siz uchun ayni muddao.
Hozirda qaysi kurslarga arizalar qabul qilinmoqda?
- Business Analytics for Data-Driven Decision Making
- Product Management with Lean, Agile and System Design Thinking
- Faith and Finance
- Leading in the Digital Age
Kurslar davomiyligi 6 haftadan 34 haftagacha bo'lib, darslarga haftasiga 4-8 soatdan vaqt ajratish talab etiladi. Bu esa talabalar uchun o'z ustida ishlash uchun ajoyib imkoniyatdir.
Saytda har bir bepul kurs haqida ma’lumot, ularda nimalarni o‘rganish mumkinligi hamda kimlar uchun mo‘ljallanganligi batafsil keltirilgan.
Bepul kurslarda ishtirok etish uchun havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Batafsil ma'lumotlar bilan rasmiy saytda tanishishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.